Huawei 1
Xorijiy davlatlar og'ir yukli transportlarining O'zbekiston hududi bo'ylab yurishi uchun to'lovlar miqdori oshirildi

Hukumat qarori (538-son, 26.08.2025-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qaror bilan xorijiy davlatlar og'ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O'zbekiston hududi bo'ylab yurishi uchun to'lovlar miqdoriga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra, transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to'lanadigan to'lov quyidagi tariflarga muvofiq belgilandi:

▪️ umumiy haqiqiy vaznning yo'l qo'yiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori 0 tn dan 5 tn gacha bo'lganda yuriladigan 1 km masofa uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida;
▪️ 5 dan 10 gacha – 0,12;
▪️ 10 dan 15 gacha – 0,24;
▪️ 15 dan 20 gacha – 0,42;
▪️ 20 dan 25 gacha – 0,63;
▪️ 25 dan 30 gacha – 0,97;
▪️ 30 dan 35 gacha – 1,39;
▪️ 35 dan 40 gacha – 1,94;
▪️ 40 dan 45 gacha – 2,66;
▪️ 45 dan 50 gacha – 3,59;
▪️ 50 va undan yuqori – 4,22.

Shuningdek, og'ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o'tishi uchun arizalarni ko'rib chiqish, yo'nalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun to'lanadigan to'lov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanishi ko'zda tutildi:

- 100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;

- har bir keyingi km uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.

Ilgari mazkur to'lovlar 100 km ga qadar — 25 AQSH dollari hamda har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSH dollari qiymatida belgilangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82722 | Инструменты