21 may kuni Xorazm viloyati Urganch tumanidagi mashina ustaxonasida HOWO rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:19 da Urganch tumani “Oltinko‘l” mahallasi “Jayhun” ko‘chasida joylashgan yengil va yuk avtomobillariga serviz xizmat ko‘rsatish shoxobchasida “M.K” MCHJga qarashli 2023 yilda ishlab chiqarilgan HOWO rusumli avtomobilda yong‘in kelib chiqqani yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:54 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida FVBga ma’lumot tushmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52216 | Инструменты