Xorazmda tadbirkor yo'lovchilarni tashishda qulaylik yaratish uchun 47 ta zamonaviy avtobus sotib oldi

Jamoat transportida brutto shartnoma timining joriy etilishi hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar parkini yangilashga katta turtki berdi. 2023-yildan buyon Respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) tadbirkorlar tomonidan 2 000 dan ortiq avtobuslar sotib olindi. Natijada millionlab yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati va qulaylik darajasi oshdi. 

Xususan, Xorazm viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Xorazm Dovud servistrans» MCHJ, «Bunyod avto Urganch» MCHJ tomonidan «Zhongtong» rusumli 32 dona hamda «Ancient Khorezm Oasis» MCHJ tomonidan esa 15 dona «Yutong» rusumli avtobuslar xarid qilindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Yangi olib kelingan avtobuslar Urganch shahar ichi yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Ma'lumot uchun, yil boshidan buyon tadbirkorlar tomonidan sotib olingan avtobuslar soni 139 taga yetdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92417 | Инструменты