Huawei 1
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori (233-son, 17.04.2025 y.) bilan “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to'g'risida” gi Vaqtinchalik Nizom qabul qilindi.

Nizom Xorazm viloyatida Prezident qarorida belgilangan muddatlarda  (https://lex.uz/ru/docs/-7223758#-7224428)(2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha) investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

- toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun - 10 mln so'm;

- 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 15 mln so'm;

- 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 20 mln so'm.

Bunda mehmonxona kamida 2 qavatdan iborat bo'lishi lozim.

Mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam bo'lmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona bo'lgan taqdirda, kamida 5 yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50915 | Инструменты