8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi Samarqand shahri “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.
Chaqnash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1,2,3-chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i, Prokuratura, IIB, SSB, MG, «Hududgazta’minot» va tegishli FVDT xizmatlaridan tezkor shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuch, vositalari jalb etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51000 | Инструменты