Huawei 2
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishga yordam bermoqchi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning “iFlyTek” kompaniyasi Vitse-prezidenti Duan Da Wei bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “Muxlisa” loyihasi muhokama qilindi hamda uni O‘zbekistonda aqlli ovoz funksiyasiga ega zamonaviy BYD elektromobillariga integratsiyalash masalalariga e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, turli sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

“iFlyTek” sun’iy intellekt dasturiy ta’minoti va xizmatlarini yetkazib beruvchi, ayniqsa, ovozni aniqlash, tasvirni qayta ishlash sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya sun’iy intellekt sohasida dunyodagi eng innovatsion kompaniyalardan biri sifatida tan olingan.

Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, texnologik startaplarga sarmoya kiritish masalari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga