Huawei 1
UzTest ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Buxoro filialida 400 mln so‘mlik uskunalar o‘g‘irlangan

Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 ta sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qoldi, deb yozadi O‘zA.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining UzTest — «O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi Buxoro viloyati hududiy filialida 1,2 tonna va umumiy qiymati 150 million so‘m bo‘lgan «Tormoznoy stend» sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gazballonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan.

Shuningdek, UzTest’da 6 milliard so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflanib yuborilgan.

«Agentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozirgacha munosabat bildirgani yo‘q, UzTest mas’ullariga qanday choralar ko‘rilayotgani haqida izoh berishni ham ortga surmoqda», - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70918 | Инструменты