Uzbekistan Airways 1 iyuldan boshlab Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni odatdagi tartibda amalga oshiradi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.
Aviatashuvchi dolzarb maʼlumotlarni aviakompaniyaning rasmiy Telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib borishni tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi. Bu Tel Avivdagi Ben-Gurion aeroportining yopilishi bilan bog‘liq.
Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar tufayli kompaniya iyun oyi oxirigacha Toshkentdan Dubay va Sharm al Shayxga va ortga parvozlar jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritgan.
Avvalroq O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat-o‘tkazish punktlari va transport yo‘nalishlari bo‘yicha maʼlumot bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 63019 | Инструменты