Huawei 2
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga ko‘rgan zararlari teng qiymatda qoplanishi qonunda mustahkamlanadi

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida" va "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonunda xususiy mulkka bo‘lgan huquqlar daxlsizligi, tadbirkorlik subyektlari manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash nazarda tutilmoqda.  

Unda hech kim sudning qarorisiz, qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati, u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanishi belgilanmoqda.

Bu Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida qayd etildi.  

Qonun xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar hamda shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Majlisda, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.

Ushbu qonun bilan "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida" hamda "Raqobat to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan belgilangan tartibda kelishish zarurligi "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi qonunda aks ettirilmoqda.

Qonun bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yengillik berilmoqda.

Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga