Huawei 2
Ural davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar O'zbekiston taraqqiyotiga hissa qo'shishga tayyor

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Ural davlat tibbiyot universiteti rahbariyati va bu yerda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Ural davlat tibbiyot universiteti va Namangan davlat universiteti o'rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturi amalga oshirilyapti. Vatandosh talabalar mazkur dastur asosida ushbu oliy ta'lim muassasasida o'z o'qishlarini davom ettirmoqda.

Yurtdoshlarimiz bilan kechgan uchrashuv chog'ida davlatimiz rahbariyati tomonidan mamlakatimizda ta'lim, ilm-fanni rivojlantirish, yoshlarning bilim olishi va ish bilan ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi. O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, siyosiy jabhalarda kechayotgan o'zgarishlar alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Bosh konsulxona faoliyati, xususan vatandoshlarga ko'rsatilayotgan konsullik-huquqiy xizmatlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Tadbirda so'zga chiqqan faol talabalar mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijda tahsil olayotgan yoshlarga ko'rsatilayotgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirish barobarida, O'zbekistonda kechayotgan barcha o'zgarishlarni yuqori baholadilar. Ular, shuningdek, o'qishni tugatganlaridan so'ng Vatanga qaytib, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz salomatligini saqlashga hissa qo'shish istaklarini ham bildirishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga