Huawei 1
Uchtepa tumanida ko‘pqavatli uy yonib ketdi

5-may kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani, Chilonzor 31-dahasida joylashgan, ko‘p qavatli uydagi, xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 19:32 da yetib borib, yong‘in soat 19:48 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50720 | Инструменты