7 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi, shuningdek, 7 may – “Vatan himoyachilari” kuni sharafiga Qozog‘istonning Ostona shahrida harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu parad mamlakatda 2017 yildan beri birinchi marta bo‘lib o‘tgan.
Tadbir Mustaqillik maydonida minglab tomoshabinlar, jumladan, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev boshchiligidagi respublika rahbariyati, xorijiy mehmonlar, shuningdek, faxriylar va front orti mehnatkashlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, paradda to‘rt mingdan ortiq kishi, 200 dan ortiq maxsus va jangovar texnika hamda turli rusumdagi 66 ta uchish apparati ishtirok etgan.
Parad davomida maydon bo‘ylab urush yillarida Qozog‘iston hududida tuzilgan va frontga yo‘l olgan harbiy bo‘linmalarning bayroqlarini ko‘targan harbiy xizmatchilar o‘tgan. Parad safida Ikkinchi jahon urushi davridagi harbiylar, shuningdek, ayol sanitariya instruktorlari bo‘lgan.
Parad tugaganidan so‘ng, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan 15:00 gacha uchta maydonchada Qozog‘iston estrada yulduzlari va ijodiy jamoalar ishtirokida bayram konsertlari o‘tkazilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50812 | Инструменты