Huawei 1
WP: Vashington Toshkentga maxsus imtiyozlarni taklif qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati O‘zbekistonga Toshkent Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilingan muhojirlarni qabul qilishi uchun unga bir qator maxsus imtiyozlarni taklif qildi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp ma’muriyati uchinchi davlatlar fuqarolarini deportatsiya qilishda mamlakatlardan tranzit punktlari sifatida foydalanmoqchi. Xususan, O‘zbekiston bilan muzokaralar doirasida AQSH rasmiylari mamlakatdan deportatsiya qilinayotgan rossiyaliklar va belaruslar uchun tranzit punkti sifatida foydalanishga qaror qilingan. Muhojirlarni O‘zbekistonga jo‘natishga asosiy sabab qilib esa ularning mamlakatlaridan Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar to‘xtatilgani ko‘rsatilgan. 

Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiysi bu g‘oyani darhol qabul qilgan. Unda ta’kidlanishicha, amerikalik amaldor vaziyat siyosiy nozikliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini tan olib, bir qator aniq rag‘batlarni, jumladan, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi telefon suhbati yoki yuqori darajadagi boshqa muloqotni taklif qilgan. Ya’ni yaqin orada Tramp va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev orasida muloqot bo‘lib o‘tishi mumkin.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, bu holat “AQSHga qarshi bo‘lgan kuchlar, xususan Xitoy va Rossiya” tomonidan Vashington bilan Toshkent o‘rtasida “chuqurlashib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikni” buzish maqsadida foydalanilishi ham mumkin.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi nashrning izoh so‘roviga javob bermagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50811 | Инструменты