Huawei 1
Turkiyadan 2 oyda O‘zbekistonga 14,3 ming nafar turist keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida Turkiyadan O‘zbekistonga 14,3 ming nafar turistlar tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 897 nafarga yoki 6,7 % ga oshgan.

2024-yilning 2 oyida Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:

- qarindoshlarni yo‘qlash — 6 393 nafar;

- dam olish — 5 363 nafar;

- xizmat yuzasidan — 2 238 nafar;

- tijorat — 243 nafar;

- o‘qish — 19 nafar;

- davolanish — 11 nafar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga