Huawei 1
Turkiyada o‘zbekistonlik qiz unga nasihat qilgani uchun o‘z onasini ko‘chada qoldirdi

Bosh konsulxonaga 45 yoshli fuqaro I.G. murojaat qilib, o‘zi va voyaga yetmagan farzandi Istanbulda qiyin ahvolda qolgani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘radi.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning avgust oyida yurtdoshimiz 19 yoshli qizi A.B.ni madrasada diniy taʼlim olish uchun Istanbulga yuborgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach esa ishlab pul topish va farzandiga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida o‘zi ham 12 yoshli o‘g‘li bilan qizining oldiga Istanbulga kelgan.

Biroq, Istanbulga kelgach, qizi madrasada o‘qimayotganligini, qolaversa begona bir erkak bilan “sharʼiy” nikohdan o‘tish niyatida ekanligini bilgan.

Farzandiga nasihat bergan ona qizining qarshiligiga uchragan hamda o‘z farzandi tomonidan ko‘chaga chiqarib yuborilgan va shu tariqa fuqaro I.G. 12 yoshli o‘g‘li bilan ko‘chada qolgan.

Qiyin sharoitda qolgan ona-bola Bosh konsulxona va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbul shahridagi vakili, “O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish” jamiyati ko‘magida va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi homiyligi yordamida bugun O‘zbekistonga yuborilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62211 | Инструменты