12-avgust kuni Turkiyaning Shirnak viloyati Silopi tumanida avtobus portlatildi. Bu haqda “Srisis 24” xabar berdi.
Portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan. Voqea tafsilotlari hozircha noma’lum. Turkiyaning ayrim internet manbalari portlash Kurdiston Ishchi partiyasi tomonidan amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xizmatlari qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirgan. Hodisa sabablariga esa hech qanday izoh berilmagan.
Shuningdek, portlash tufayli yo‘llardagi harakat cheklanishi va tirbandlik ortishi mumkinligi haqida aholi ogohlantirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты