Huawei 2
Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan samarqandlik erkak qidirilmoqda

Fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirishda ayblanib, bugungi kunda Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan quyidagi shaxs qidirilmoqda.

Fazlitdin Atabayev Faxritdinovich 1986-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

"Ushbu shaxs to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lgan vatandoshlarimizdan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so‘raladi.

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi", - deyiladi xabarda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga