Huawei 1
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) yana bir bor Yamanning uchta portidagi odamlarni evakuatsiya qilishga chaqirdi. «Takroriy ogohlantirish» Yamanning husiychilar nazorati ostidagi Ras Iso, Xodayda va As-Salif portlariga tegishli, deb yozdi SAXAL vakili 14 may, chorshanba kuni X platformasida arab tilida.

Al-Hodeyda viloyatidagi Qizil dengiz sohilida joylashgan portlardan husiychilar «terrorchilik faoliyati» uchun foydalanmoqda va odamlar o‘z xavfsizligi uchun bu obyektlar yaqinida bo‘lmasliklari kerak, deya qo‘shimcha qildi u.

11 may kuni ham Isroil armiyasi vakili xuddi shunday chaqiriq bilan chiqdi. Bu ogohlantirishdan keyin Isroil hujumlari haqida rasmiy xabarlar kelib tushmadi. Husiychilar so‘nggi kunlarda Isroilga bir necha bor raketa hujumi uyushtirdi. Oxirgi hujum 14 may kuni ertalab amalga oshirilgan, raketa Isroil kuchlari tomonidan tutib olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51523 | Инструменты