Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi

20 noyabr kuni Toshkent shahridagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:29 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты