Huawei 1
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30-maygacha yopiladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan 24-aprel soat 7:00dan boshlab, 30-may kuniga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan, Shahrisabz ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi tuman hokimligi xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50915 | Инструменты