Huawei 2
Toshkentda yana bir mozaikali bino reklama bannerlaridan tozalandi

Toshkent shahri Beruniy-1 massivida joylashgan mozaikali binodan reklama bannerlari demontaj qilindi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mozaika va pannolardan reklama bannerlarini olib tashlash bo‘yicha ishlar shahar hokimligi va Payme to‘lov tizimi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Mart oyi oxirlarida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlardagi 160 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi. Shu qaror bilan mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga