Huawei 2
Toshkentda "Tez yordam" mashinasiga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi

Poytaxt ko‘chalarining birida haydovchi Chilonzor tumani Katta Hirmontepa ko‘chasi 48-uy qarshisida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida o‘zining “Cobalt” rusumli avtomobilida to‘xtab turgan payt ortdan kelgan “Tez yordam” avtomashinasiga qoidani buzib bo‘lsa-da yo‘l bergan

Oradan ikki kun o‘tgach, uning yashash manziliga jarima qog‘ozi borgan.

— Maxsus baza orqali tekshirilganda ushbu fuqaro o‘z avtotransport vositasida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqt “Tez yordam” avtomashinasiga yo‘l bergani aniqlandi, — deydi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov. — Shu sababli holat o‘rganilib, haydovchi qoidani buzgan bo‘lsa ham jarima jazosi o‘rnatilgan tartibda bekor qilindi. Shuningdek, o‘z fuqarolik burchini vijdonan bajargan ushbu fuqaro boshqarmamiz tomonidan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga