Huawei 2
Blinken Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan Ar-Riyodda uchrashdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. Bu haqda Saudiya Press agentligi xabar berdi.

Valiahd shahzoda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronni ham o‘z qarorgohida qabul qildi. Saudiya Arabistoni davlat agentligi uchrashuvlar haqida batafsil ma'lumot bermagan. 

29-aprel kuni Blinken Saudiya Arabistoniga yetib keldi va bu uning mintaqaviy gastrolining birinchi bekatiga aylandi. Shu hafta Davlat kotibi Isroil va Iordaniyaga ham tashrif buyuradi va u yerda G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qiladi. Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning soʻzlariga koʻra, Amerika diplomatiyasi rahbari asosiy eʼtiborni Falastin anklavidagi oʻt ochishni toʻxtatish masalasiga qaratadi, bu esa HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va insonparvarlik yordami hajmini oshirish imkonini beradi. 

Davlat kotibi Ar-Riyodda Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasida nutq so‘zladi va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi. Bundan tashqari, Blinken Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi ishlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, shuningdek, Misr, Iordaniya, BAA va Falastin vakillari bilan uchrashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga