Huawei 1
Toshkentda taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi

Bektemir tumanidagi “Bektemir” YPX maskanida 15-aprel kuni o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 23 yoshli J.X. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi to‘xtatilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchining hujjatlarini tekshirish davomida gap-so‘zidan xodimlarda shubha paydo bo‘lgan. Xolislar ishtirokida haydovchi ko‘zdan kechirilganda undan jigarrang, o‘tkir hidli, mumsimon modda topilgan. 

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman ichki ishlar organlari FMBga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga