Mirobod tumani hokimligi kuchli shamol sabab avtomobillar ustiga daraxt qulagani yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, daraxt qulashi oqibatida insonlarga shikast yetmagan. Ikkita Cobalt rusumidagi avtomashina zarar ko‘rgan.
Hozirda hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Hokimlik noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘radi. Shuningdek, favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini eslatib o‘tdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43015 | Инструменты