Huawei 1
Toshkentda ikki fuqaro o‘zaro janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Olmazor tumani, Sag‘bon 1-berk ko‘chasida, 1993 yilda tug‘ilgan U. E. tanishi 1993 yilda tug‘ilgan M.A. bilan og‘zaki tortishib qolib, o‘zaro janjallashib ketgan. Shu atrofda bo‘lgan fuqarolar ularni ajratgan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60816 | Инструменты