Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida avtobuslar tezkor harakatlanishi uchun BRT yo‘lagi quriladi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko xabar berdi.
Obyekt pasporti Shota Rustaveli ko‘chasida o‘rnatilgan. Unga ko‘ra, avtobus yo‘lagi yo‘lning chekkasida emas, balki ilgarigi tramvay izlari kabi yo‘l o‘rtasidan o‘tadi. Bekatlar yo‘lovchilar avtobusga tushib-chiqishi uchun qulay va xavfsiz qilib barpo etiladi.
Loyiha Tashkent Invest va Xitoyning China State Construction kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Biroq loyiha borasida hech qanday jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilmagan. Shu sababli faollar shahar hayotiga daxldor loyihalar ochiqlanishi, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishini so‘ramoqda.
“Qaror mutlaqo to‘g‘ri. Muhimi uni amalga oshirishda xato qilmaslik kerak. Aslida, bunday jamoatchilik uchun muhim bo‘lgan loyiha muhokamaga qo‘yilishi, mutaxassislarga ko‘rsatilishi, namoyish etilishi kerak”, deydi Nikita Makarenko.
“Haliyam kech emas. Shaharning hayotiga daxldor loyihalar ochiqlanishi, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi, o‘zimizning ekspertlar hamjamiyati bilan bamaslahat ish tutilishi kerak”, deb yozdi Telegram’dagi “Davletov.uz” kanali muallifi Qobil Hidirov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51401 | Инструменты