Toshkent viloyatida 700 ga yaqin tungi koʻcha chiroqlari oʻrnatiladi

Toshkent viloyati hududlarida yoʻl transport hodisalarining oldini olish maqsadida, 194 ta piyodalar oʻtish joylari va 72 ta qayrilish joylariga 675 ta tungi koʻcha chiroqlari oʻrnatiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi tadbirlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard 400 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40501 | Инструменты