Toshkent shahrida Hongqi va BYD to‘qnashdi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 3 dekabr kuni soat 10:25 larda Olmazor tumani, KHAY ko‘chasi 20/3-uy qarshisida Hongqi rusumli avtomashina va BYD rusumli avtomashina to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida har ikkala avtomashina haydovchilariga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchi va yo‘lovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik va yo‘lda ehtiyotkorlikni yanada kuchaytirishni so‘ramoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120318 | Инструменты