Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilayotgan giperspektral sunʼiy yo‘ldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi. Bu 2028 yil Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressini ramziy maʼnoda ifodalaydi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” xabar berdi.
Qayd qilinishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi va “STAR.VISION” kompaniyasi o‘rtasida shu haqdagi memorandum imzolangan.
Taʼkidlanishicha, memorandumga ko‘ra yerni masofaviy zondlashga mo‘ljallangan mazkur yo‘ldosh uchun sunʼiy intellekt modulini “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishlab chiqadi. Yo‘ldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120309 | Инструменты