“Respublikada sog'liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-88-son, 19.05.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlari va tibbiyot muassasalarida:
- rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo'yicha o'quv dasturi yo'lga qo'yiladi;
- o'quv dasturi yakuni bo'yicha sertifikatga ega bo'lgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar o'rinbosariga – 80 foizi hamda bosh hamshiraga – 50 foizi miqdorida ustama to'lanadi;
- rahbar xodimlar uchun faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi;
- 1 yil davomida faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erishmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro'yxatga muvofiq tashkiliy, boshqaruv va moliyaviy jihatdan birlashtirilib ko'p tarmoqli shifoxonalarga aylantiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52217 | Инструменты