Huawei 1
Temir yo‘l transportida bojxona ko‘rigi qancha davom etishi kerak?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Transport vazirligining "Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qo‘shma qarori qabul qilindi.

Temir yo‘l transportida bitta yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona ko‘rigi, bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Ushbu muddat quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:

- xavflarni boshqarish tizimining topshirig‘i asosida;

- bojxona organiga yo‘lovchining noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlar kelib tushganida;

- olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valyutasi va valyuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;

- bojxona nazoratini amalga oshirishda huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты