Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi

Hukumat qarori (819-son, 24.12.2025-y.) bilan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo'l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.

Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish quyidagilarni o'z ichiga oladi, jumladan:

- kirish yo'l-yo'rig'i va ish joyidagi yo'l-yo'riqlarni o'tkazish;

- ish joyidagi stajirovka va bilimlarni tekshirish;

- xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatishga o'qitish.

Ish beruvchi har yili 20-yanvargacha YAMMT IDAKga quyidagi ma'lumotlar kiritilishini ta'minlaydi:

- mehnat sharoiti to'g'risidagi ma'lumotlar;

- zararli va xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyoz va kompensasiyalar summasi to'g'risidagi ma'lumotlar;

- baxtsiz hodisalardan jabrlangan va kasb bilan bog'liq kasallik 1-marotaba aniqlangan shaxslar soni to'g'risidagi ma'lumotlar.

Tashkilotlarda ma'muriy-jamoatchilik nazorati tashkil etilishi kerak.

Ma'muriy-jamoatchilik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- 1-bosqich – bo'linma va bo'limlarning (syex) uchastkasi, smena, brigadada;

- 2-bosqich – bo'linma, bo'lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasida;

- 3-bosqich – tashkilotda umumiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122612 | Инструменты