Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori bilan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Asosiy kiritilgan o‘zgartirishlar:
- loyihalar g‘olib deb topilishi uchun minimal ovoz soni 50 ta etib belgilandi (avval 10 ta edi).
- jihozlash loyihalari uchun eng yuqori qiymat bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming barobari etib belgilandi (avval 4 ming barobar edi).
Quyidagilarga “tanaffus” berish amaliyoti qo‘llanmaydi:
- mahalla soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman(shahar)dagi mahallalarga;
- “TOP-100” talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga;
- loyihani sheriklik asosida amalga oshirgan mahallalarga.
Bunda, loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalarga sherikchilik asosida loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Ovoz berish bosqichi yakunlangandan so‘ng o‘n kun davomida qo‘shimcha g‘olib loyihalarni aniqlash bo‘yicha 5-bosqich o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha g‘olib loyihalar quyidagi usulda aniqlanishi mumkin:
- Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining deputatlari g‘olib bo‘lmagan loyihaga yetishmagan mablag‘ni tuman budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratish orqali;
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan bitta loyihani tanlash orqali.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122620 | Инструменты