Huawei 2
Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Surxondaryo viloyati Termiz shahri, “Tuproqqo‘rg‘on” MFY, Hakim At-Termiziy ko‘chasi yoqasida joylashgan “Termiz avenue park" MCHJga qarashli “Bolajon”nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan “Quvnoq tepalik” attraksionida 4 kishilik o‘rindig‘i sinib joyidan yerga qo‘lab tushish natijasida 4 nafar fuqarolar turli xil tan-jarohat olishgan.

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-aprelda ro‘yxatga olingan amaldagi “Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari”ga asosan;

- ushbu bog‘dagi mazkur attraksion mavsum oldidan to‘liq texnik shahodat sinovlaridan o‘tkazilmagan.

- attraksionni tayyorlash va uni texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun taqdim etish attraksionlarning soz holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun masʼul bo‘lgan shaxs tayinlanmagan.

- attraksionni mavsumga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilmagan.

Shunindek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Yagona nizomning 32-ilovasi, 8-bandi b-kichik bandi madaniyat va istirohat bog‘larida, shuningdek, boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlardan foydalanish bo‘yicha — mavsum oldidan attraksiondan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan attraksiondan foydalanilgan.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun Istirohat bog‘lari attraksionlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga