Sun'iy intellekt maktab tizimiga joriy etiladi

2021-yilda Rossiya Ta'lim vazirligi maktablarda “Sun'iy intellekt” o'quv modullarini sinovdan o'tkazishni boshlaydi. 2024-yilga kelib, odatdagi o'quv dasturi doirasidagi barcha maktablarning yarmida sun'iy intellekt darslari o'qitiladi.

Sun'iy intellekt darslari Koreya maktablarida 2021-yil ikkinchi semestridan boshlab joriy etiladi. Kelgusi yil mavzular maktab o'quv dasturiga kiritilgach, o'rta maktabning 2 va 3-sinflari o'quvchilari Sun'iy intellekt kursiga kirish yoki Sun'iy intellekt matematikasi saboqlarini olishlari mumkin.

Xitoy texnologiya kompaniyalari kelajakda ko'proq iste'dodlarni tarbiyalash niyatida robototexnika va sun'iy intellekt bo'yicha o'quv dasturlarini taqdim etish borasida maktablar bilan hamkorlik qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41217 | Инструменты