Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3787, 14.03.2026 y.).
Ushbu hujjat bilan sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda quyidagi etika tamoyillari belgilanmoqda:
▫️ qonuniylik;
▫️ shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilishning ustuvorligi;
▫️ tushunarlilik;
▫️ masʼuliyat, javobgarlik va nazorat;
▫️ adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
▫️ ochiqlik va shaffoflik;
▫️ maʼlumotlar himoyasi;
▫️ ishonchlilik va xavfsizlik.
Quyidagi qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik talabi belgilanmoqda:
- inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar;
- sog‘liqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar) va boshqa sohalardagi qarorlar.
Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi foydalanuvchilarga:
- ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi,
- sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim to‘g‘ri bo‘lmasligi;
- ularning natijalaridan tavsiyaviy yoki maʼlumot uchun foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot berishi lozim.
Shu bilan birga, qoidalarda sunʼiy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31613 | Инструменты