Soliqlar va yig'imlar farqi nimada? Davlat soliq qo'mitasi aniqlik kiritdi

 “O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni bilan 2021 yil 1 martdan boshlab mamlakatimiz fuqarolari va O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig'im undirilishi belgilandi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ushbu yig'im tushunchasini soliq tushunchasiga bog'lamoqda. Shu munosabat bilan Davlat soliq qo'mitasi axborot xizmati holatga aniqlik kiritdi.

Yig'im va soliq tushunchalari Soliq kodeksida aniq bayon etilgan. Jumladan, Soliq kodeksining 16 – moddasiga ko'ra:

Yig'im deganda byudjet tizimiga Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to'lov tushuniladi, bu yig'imning to'lanishi uni to'lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo'ladi.

Soliq bu – ushbu Kodeksda belgilangan, O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg'armasiga to'lanadigan majburiy beg'araz to'lovlardir.

Ya'ni, Soliq kodeksi bo'yicha yig'im va soliq tushunchalarining farqi shundaki, yig'im ma'lum bir majburiy to'lov evaziga uni to'lovchiga muayyan huquqlarni, harakatlarni yoki ruxsat etuvchi hujjatlarni berishni nazarda tutsa, soliq esa aksincha, majburiy beg'araz to'lov hisoblanib, bunda soliqni to'lovchi shaxsga yig'im singari ma'lum bir huquqlarni taqdim etmaydi va soliqlar faqat Soliq kodeksi bilan belgilanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40713 | Инструменты