Saudiya Arabistoni yana 8 ta davlat fuqarolari uchun qirollikka kirish vizasini elektron viza portali orqali olish imkoniyatini ochdi.
Qirollik turizm vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu davlatlar fuqarolari, shuningdek vizani qirollik portlari yoki chegaralarida ham olishi mumkin.
Vizalar berishni kengaytirish maqsadida ochilgan ushbu tizimdan endilikda jami 57 ta davlat fuqarolari foydalana oladi. Ushbu mamlakatlar qatoriga Albaniya, Maldiv orollari, Ozarbayjon, Gruziya, Janubiy Afrika, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ham qo‘shildi.
Bunga qadar MDH mamlakatlaridan faqat Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston fuqarolarida shunday imkoniyat bor edi
Saudiya Arabistoni E-visa'si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.
Sayyohlik vizasi bilan turli tadbirlar, sayohat va dam olish, oila va qarindoshlar bilan mehmon sifatida tashrifi, shuningdek Umra ziyoratini amalga oshirish mumkin.
Ushbu viza bilan Haj ziyorati qilish mumkin emas. Shuningdek, elektron viza qirollikda ishlash hamda yashash huquqini bermaydi. Elektron viza muddati tugagach, uni yangi muddatga rasmiylashtirish mumkin. Viza narxi 146 dollarni (550 riyol) tashkil qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12006 | Инструменты