2025-yilda O‘zbekistonga qancha turist kelgani maʼlum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 mln nafarga yoki 46,8 foizga oshgan.

Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlat:

  • Qirg‘iz Respublikasi – 3,3 mln nafar;

  • Tojikiston – 2,7 mln nafar;

  • Qozog‘iston – 2,7 mln nafar;

  • Rossiya – 984,4 ming nafar;

  • Afg‘oniston – 476,7 ming nafar;

  • Turkmaniston – 370 ming nafar;

  • Xitoy – 278,9 ming nafar;

  • Turkiya – 174,9 ming nafar;

  • Hindiston – 80,8 ming nafar;

  • Koreya Respublikasi – 46,3 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11917 | Инструменты