Huawei 2
Sardobada “Yogʻochli Sardoba” turistik majmuasi quriladi

Sardoba tumanida joylashgan "Yog‘ochli Sardoba" qachonlardir sayyohlarning sevimli maskanlaridan biri sifatida qaynoq va gavjum maskan bo‘lgan.

Biroq mazkur tarixiy obida bir muddat eʼtibordan chetda qoldi. Tabiiyki, unga nisbatan odamlarning qiziqishi ham kamaydi. Viloyat hokimi bu masalani alohida eʼtiborga olib, masʼullar oldiga yodgorlikning meʼmoriy qiyofasini saqlab qolish, uning atrofini turistik maskanga aylantirish vazifasini qo‘ygan edi.

Shunga muvofiq, "Yog‘ochli Sardoba" yaxlit turistik majmuasi loyihasi ishlab chiqildi. Taqdimotda viloyat hokimiga shu haqida axborot berildi.

Loyihaga muvofiq, M-39 avtomagistral yo‘li yoqasida qator xizmat ko‘rsatish va savdo komplekslari, ovqatlanish maskanlari, sanitariya-gigiyena shoxobchalar, avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi, mehmonxona va avtoturargohlar quriladi. Shuningdek, tarixiy yodgorlikka yondosh bo‘lgan Fayzliobod mahallasi infratuzilmasi tubdan yaxshilanadi. Yashil maydon va saylgohlar barpo etiladi.

Viloyat hokimi taqdimot davomida hududda tabiiy shart-sharoitlar mavjudligi va ayni jihatlarni inobatga olib, bugungi kunda turizmni tumanning drayver sohalaridan biriga aylantirish mumkinligini taʼkidladi.

Mavjud loyihani yana-da takomillashtirish, binolarni qurishda milliylik, urf-odat va anʼanalarimizga ustuvorlik berish, xorijlik sayyohlar uchun jozibador loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarini berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga