Huawei 1
O‘zbekistonda hafta o'rtasidan yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. Havo harorati 23-28o atrofida bo‘ladi.

Seshanba va chorshanba kunlari respublikaning g‘arbiy hududlariga nam havoning yana bir qismi kirib kelishi boshlanadi. 7-8 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 8 mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida 7-8 may kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati 30-33o gacha ko‘tariladi.

9-10-may kunlari nam havo masalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Ko‘pchilik viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Faqat 9 mayda Farg‘ona vodiysida, 10 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Bu kunlarda havo harorati pasayadi va 10 mayga kelib 20-25o gacha bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 6 mayda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) 10 may kuni yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda: 6-mayda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 26-28o bo‘ladi. 7-8-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 30-33o gacha ko‘tariladi.

9-mayda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 30-32o bo‘ladi.

10-mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 22-25o gacha pasayadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga