Huawei 1
“G‘alaba bog‘i”ga kirish vaqtinchalik to‘xtatiladi

“G‘alaba bog‘i”ga kirish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda bog‘ maʼmuriyati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida 9-may — Xotira va qadrlash kuni tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan xo‘jalik va dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 6-7-may kunlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududiga tashrif buyuruvchilarning kirishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga