Samarqandlik 44 yoshli "Hizb ut-Tahrir" aʼzosi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Joriy yilning fevral oyida xorij davlatlari huquqni muhofaza qilish idoralari bilan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida istiqomat qilgan Oʻzbekiston hududida faoliyati taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" diniy-ekstremistik tashkiloti aʼzosi 44 yoshli Abdullayev Obid Usmonovichning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyilgan edi.
Tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, O.Abdullayev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlashi davomida Internetning “Facebook” va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarida "Hizb ut-Tahrir"ning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.
Shuningdek, u oila aʼzolari, xususan, farzandlariga "Hizb ut-Taxrir"ning “Islom nizomi” kitobi va “Al-Vaʼy” nomli jurnalidan ekstremistik gʻoyalarni singdirib kelgan.
O.Abdullayevning jinoiy harakatlari "Hizb ut-Tahrir"ning faol yollovchilari hisoblangan, ayni paytda xalqaro qidiruvda boʻlgan quyidagi shaxslar tomonidan boshqarilgan.
Joriy yilning iyul oyida O.Abdullayevning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqilib, u 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40715 | Инструменты