Huawei 1
Samarqanddagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahrida joylashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 14-mart kuni soat 22:50 da Samarqand shahri Shohruh Mirzo ko‘chasida joylashgan kutubxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan. 6 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga soat 22:57 da yetib borib, soat 23:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning shift va tom qismi qisman yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Ushbu yong‘in kutubxonaning ma’muriy binosida sodir bo‘lgan hamda kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты