2024-yil 30 oktyabr kuni soat 21:00larda, Narpay tumani “Didan” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 115 km.da “YUTONG BUS ZKB 122” rusumli avtobus haydovchisi Samarqand-Buxoro yo‘nalishida boshqarib kelib o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelib yo‘lning belgilangan qismidan qayrilib olayotgan, chetida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan TTZ 80.1 rusumli traktorining “2PTS-4-793A” rusumli tirkamasiga kelib urilib YTH sodir qilgan.
Oqibatda “YUTONG BUS ZKB 122” rusumli avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Narpay tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110606 | Инструменты