Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Qarshida soliqchilar 97 nafar soliq to‘lovchining pullarini talon-toroj qilgani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektorlari M.A., SH.T. va boshqalar 97 nafar soliq to‘lovchidan 122,6 mln so‘mni go‘yoki soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, ushbu pullarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvarag‘iga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Holat bo'yicha Soliq Qo'mitasi ham rasmiy munosabat bildirdi. Unda haqiqatan inspeksiya xodimlari tomonidan 2023‑2026 yillar davomida 97 nafar fuqarolar tomonidan soliq to‘lovlari uchun to‘langan 122,6 mln so‘mlik mablag‘larni (soxta) to‘lov qog‘ozlari (kvitansiyalar) orqali olinib, soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmaganligi, shuningdek o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan
Alpha version: 0.9.1.19 build 100515 | Инструменты