Huawei 1
Samarqandda 3 yoshli bolaning hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 15 iyun kuni RSHTYOIM Samarqand filialiga Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Umakay qishlog‘ida yashovchi 3 yoshli o‘g‘il bola og‘ir ahvolda keltirilgan.

Filial shifokorining aytishicha, bola otasi boshqaruvida bo‘lgan kombaynning bug‘doy o‘radigan qismiga qo‘lini tiqib olgan.

«Shifoxonaga keltirilgan vaqtida bola og‘ir shok holatida bo‘lgan. Oliy toifali jarrohlar guruhi tomonidan shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Operatsiya davomida bemorning o‘ng qo‘li singan suyaklari va ezilgan mushaklari tiklanib, chap qo‘li, bilak pastki uchligi to‘liq travmatik amputatsiya qilindi», – deydi Filialning Bolalar jarrohligi bo‘limi shifokori A.Ulug‘murodov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61904 | Инструменты