Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2024-yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali” o‘tkazilishi va Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 25-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112201 | Инструменты