Huawei 1
Qoraqalpog'istonda 1,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari fuqaro A.A. ga tegishli Nukus koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Olmazor tumani boʻlimi va Toshkent shahar ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.M. “Xonchorbogʻ” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 567,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110606 | Инструменты